Загрузка...
TARIF MAXI new / ТАРИФ MAXI new
Tarif MAXI new

 O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi qo‘ng‘iroqlar uchun oyiga 1000 daqiqa;
 tarifga 1000 MB internet qo‘shilgan;
 tarifga 1000ta chiquvchi SMS qo‘shilgan;
 UMS tarmog‘i doirasidagi chiquvchi qo‘ng‘iroqlar narxi - 0$ (1000 daqiqalik to‘plamdan sarflanadi);
 kiruvchi qo‘ng‘iroqlar narxi - 0$.
O’zbekiston bo’yicha qo’ng’iroqlar 1 daqiqa AQSh dollarida
$ 0,00 UMS abonentlariga (1000 daqiqalik limitdan tashqari)**
$ 0,02 O‘zbekistonning boshqa mobil operatorlari abonentlariga (1000 daqiqalik limitdan tashqari)**
$ 0,02 shahar tarmog‘i raqamlariga (1000 daqiqalik limitdan tashqari)**
 
O’zbekiston bo’yicha SMS 1 xabar AQSh dollarida
$ 0,00 Kiruvchi SMS-xabarlar
$ 0,02 UMS tarmog‘idagi abonentlarga chiquvchi SMS-xabarlar (1000 SMSdan iborat limitdan tashqari)
$ 0,02 O‘zbekistondagi boshqa operatorlarning mobil tarmog‘idagi abonentlarga chiquvchi SMS-xabarlar (1000 SMSdan iborat limitdan tashqari)
$ 0,15 Chiquvchi xalqaro SMS-xabarlar*
 
Internet 1 Mb trafik AQSh dollarida
$ 0,10 oyiga 1000 megabaytdan iborat limitdan tashqari 1 MB internet-trafik uchun
 
Majburiy to’lovlar
$ 15,00 obuna to‘lovi (oyiga)
"MAXI" tarif rejasiga o‘tish:
 USSD- buyruq - *171*105*010700012#
Foydali buyruqlar:
 *100# - balansni, tarif rejasini hamda oylik to‘lov hisobidan berilgan daqiqalar va internet to‘plamlari qoldig‘ini aniqlash;
 *171*018# - sotib olingan SMS-to‘plamlar qoldig‘ini tekshirish;
 *102# - sotib olingan internet-to‘plamlar qoldig‘ini tekshirish.
Shartlari
Ulanish narxi – 0$ 
Ulanish bepul va boshlang‘ich komplekt narxi atigi 5000 so‘mni tashkil qiladi. Bu mablag‘ning hammasi balansingizga tushiriladi!
«Maxi» tarif rejasiga «Absolut», «Ultra» va «MAXI» tarif rejalaridan o‘tish narxi (agar ulanish va o‘tish 17.08.2015 yilgacha amalga oshirilgan bo‘lsa) — 1,00$, «Start» va «Optima» tarif rejalaridan o‘tish qiymati – 0,00$.
Narxlar barcha soliqlarni hisobga olgan holda ko‘rsatilgan.
Narxlash daqiqalar bo‘yicha olib boriladi.
So‘zlashuv davomiyligi kattalashish tomoniga yaxlitlanadi.
Hisob-kitoblar to‘lov kunidagi O‘zmarkazbank kursi bo‘yicha so‘mda amalga oshiriladi.
Videoqo‘ng‘iroqlar orqali UMS abonentlari bilan bog‘lanish mumkin. Boshqa mobil operatorlarning abonentlariga videoqo‘ng‘iroq qilish imkoniyati bor-yo‘qligini operatorlardan so‘rab bilish kerak.
Abonent kalendar oyning istalgan kuni hisobvaraqni to‘ldirib, faol holatga o‘tganida, tungi soat 00:00 bilan 03:00 orasida tarif bo‘yicha obuna to‘lovi chiqarib olinadi hamda daqiqalar, megabaytlar va SMSlar beriladi.
Mazkur tarif rejasi bo‘yicha obuna to‘lovi, agar "To‘liq ishonamiz” xizmati faollashtirilmagan va balans ijobiy bo‘lsa, har oyning birinchi kuni yechib olinadi.
Mazkur tarif rejasiga ulanilganda yoki o‘tilganda ushbu tarif rejasi doirasida obuna to‘lovini yechib olish, daqiqalar, megabaytlar va SMSlar berish ishlari kalendar oyda qolgan kunlar soniga mutanosib ravishda amalga oshiriladi.
Tarif rejasi o‘zgartirilganda, ushbu tarif rejasining shartlariga ko‘ra taqdim etilgan daqiqalar, megabaytlar va SMSlar bekor qilinadi.
1000 daqiqalik to‘plam, 1000 megabaytlik internet to‘plam va 1000ta SMS to‘plami tarif bo‘yicha obuna to‘lovi doirasida, 1 kalendar oy muddatga taqdim etiladi.
Tarifga kiritilgan internet-to‘plam, daqiqalar to‘plami va SMSlar to‘plami keyingi oyga o‘tmaydi.
«Maxi» tarif rejasiga o‘tilganda obuna to‘lovi, daqiqalar, internet va SMS to‘plamlarining hajmi kalendar oyda qolgan kunlar soniga mutanosib bo‘ladi.
Balans nolga teng yoki salbiy bo‘lib qolganda "Aloqadaman” xizmati faollashadi, natijada abonent kiruvchi qo‘ng‘iroqlar va SMSlarni qabul qilishi mumkin bo‘ladi.
* Xalqaro SMS-xabarlar ushbu sahifada ko‘rsatilgan xorijiy aloqa operatorlarining abonentlariga kafolatli yetkaziladi.
** Tarif rejasiga kiritilgan 1000 daqiqa O‘zbekiston bo‘yicha (O‘zbekiston mobil operatorlarining abonentlariga va shahar tarmog‘i raqamlariga) chiquvchi qo‘ng‘iroqlar uchun beriladi.
Xalqaro qo‘ng‘iroqlar tariflari.
 


Загрузка...


DODA 2 066 18.04.17
Возможно вас также заинтересует
Комментарии

Reklama ZVER.UZ TAS-IX
Reklama
Загрузка...
Top 8
Реклама
Статистика



Индекс цитирования.
Яндекс.Метрика