Загрузка...
“Barselona” — “Real” o‘yinidan ishlangan mablag‘ aviahalokatga uchragan “Shapekoense” klubiga yo‘naltiriladi

 

Ispaniya chempionati 14-turidan o‘rin olgan “Barselona” va “Real” o‘rtasidagi “El-Klasiko”dan ishlangan barcha mablag‘ Kolumbiyada aviahalokatga uchragan Braziliyaning “Shapekoense” klubiga yo‘naltiriladi. Bu haqda, Midiario nashriga asoslanib, “TASS” ma’lum qilmoqda.

Boliviyadan Kolumbiyaning Medelin shahriga uchayotgan Lamia samolyoti 29-noyabrga o‘tar kechasi La-Unyon shahri yaqinida halokatga uchradi. Havo kemasi bortida 72 yo‘lovchi hamda 9 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Samolyot ichida futbol bo‘yicha Braziliya A seriyasida harakat qilayotgan “Shapekoense” klubining 27 futbolchisi bo‘lgani ham xabar qilingandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, “Shapekoense” klubining ikki futbolchisi – zaxira darvozaboni Jekson Follmann va himoyachi Alan Rushel tirik qolgan.  Qutqaruvchilar tomonidan tirik topilgan jamoaning asosiy posboni Danilo keyinroq shifoxonada jon berdi.

Qayd etish joiz, “Shapekoense”ning 9 nafar a’zosi Kolumbiya safaridan chetda qolgandi.

Ma’lumot uchun, “Barselona” va “Real” o‘rtasidagi navbatdagi “El-Klasiko” 3-dekabr kuni “Kamp Nou” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:15 da start olishi rejalashtirilgan.

 

Manba:Daryo

 

 



Загрузка...


HacKeR_763 2 776 01.12.16
Комментарии
Информация! Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
XITOYSAVDO.COM


Reklama ZVER.UZ TAS-IX
Reklama
Загрузка...
Top 8
Реклама
Статистика



Индекс цитирования.